O'zbekiston bo'ylab Umra turlari

Umra safaringizni ishonch bilan tanlang

Litsenziyasi tekshirilgan operatorlarning paketlarini bir joyda solishtiring: narx, sana, mehmonxona, Haramgacha masofa va ellikboshi. Tanlang — operatorga bir bosishda ariza yuboring.

Google Play Tez kunda — Android ilovasi sinovda
Labbayk — Umra safarlari

Nima uchun Labbayk

Ilova ziyoratchi uchun qilingan: kerakli ma'lumot ochiq, tanlov — sizda.

Qulay qidiruv

Jo'nash shahri, oy, davomiylik, narx, mehmonxona yulduzi, ovqatlanish va Haramgacha masofa bo'yicha filtrlar.

Tekshirilgan operatorlar

Paketlarni faqat litsenziyasi tekshirilgan operatorlar joylaydi, har bir paket moderatsiyadan o'tadi.

Haqiqiy baholar

Operator va ellikboshiga faqat Labbayk orqali Umra qilgan ziyoratchilar baho beradi. Ko'rish — hammaga ochiq.

Ellikboshi haqida ma'lumot

Har bir reys bilan kim borishini — ism, lavozim (masalan, domla) va suratini oldindan ko'rasiz.

Mening mehmonxonam

Ariza tasdiqlangach — mehmonxona manzili, suratlari va xaritadagi joylashuvi bir tugmada.

Umra qo'llanmasi

Amallar qadamma-qadam, duolar va tasbeh — internetsiz ham ishlaydi. Matnlar mutaxassis tasdig'idan o'tadi.

Qanday ishlaydi

Ro'yxatdan o'tmasdan ham turlarni ko'rish mumkin. Telefon raqam faqat ariza yuborishda so'raladi.

Tanlang

Turlarni solishtiring, mehmonxona va ellikboshini ko'ring.

Ariza yuboring

Yo'lovchilar soni va xona turini belgilang. Bu bron emas — operator siz bilan bog'lanib, joy va narxni tasdiqlaydi.

Safarga tayyorlaning

Ariza holatini kuzating, tayyorgarlik ro'yxati va qo'llanmadan foydalaning, qaytgach baho bering.

Turoperatorlar uchun

Paketlaringizni minglab ziyoratchilarga ko'rsating va arizalarni bitta panelda boshqaring.

  • Paket, reys, narx va o'rinlarni o'zingiz boshqarasiz
  • Har bir reysga ellikboshi va mehmonxona ma'lumotini biriktirasiz
  • Yangi ariza haqida bildirishnoma — javob berilmaguncha har 10 daqiqada (07:00–19:00)
  • Tezkor takliflar bilan bo'sh o'rinlarni tez soting

Ulanish uchun litsenziya talab qilinadi. Murojaat uchun aloqa ma'lumotlari tez orada shu yerda bo'ladi.

Savol-javob

Labbayk orqali to'lov qilinadimi?

Yo'q. Ilova orqali operatorga ariza yuborasiz. Shartnoma va to'lov to'g'ridan-to'g'ri operator bilan amalga oshiriladi.

Narxlarni kim belgilaydi?

Narxni operator kiritadi va yangilaydi. Ilovada oxirgi yangilanish sanasi ko'rsatiladi.

Baholarga ishonsa bo'ladimi?

Baho faqat Labbayk orqali safari tasdiqlangan va safardan qaytgan ziyoratchidan qabul qilinadi — har bir safar uchun bir marta.

Hisobimni o'chirsam bo'ladimi?

Ha. Ilovadagi Kabinet → «Hisobni o'chirish» orqali so'rov yuborasiz.